Hayollarim qudug`i


Hayollarim qudug'i





Bir o`zimman, hayollarim chuqurlashib, chuqurlashib pastga ketaverayapti. Bu yo`l qora korridorga o`xshayapti. Qo`rqib, ketdim. Qorquv... Bitta o`zim hayollarim ichida ekanman, qattiq qo`rquv. Uyimda hech kim bo`lmasa yoki ko`chada hech kim bo`lmasa qo`rqmasdim. Hozir esa qo`rqib ketdim. Qo`rqinchli narsa ekan qo`rquv. Hayolimda bitta o`zim ekanman, yuguribman... Bilasizmi hayollar qilichdan ham qattiq kesib o`ldirib yuborishi mumkin. Bu gaplar qayerdan kelayapti o`zi. To`xta... Bu gaplarmi? yoki hayollarmi? Hayollar bo`lsa ular meni kallamda... Gaplar ham meni kallamda. Balki, bu gaplarni kimdir gapirganmikan? Hozir kimdir, huddi men gapirayotgandek gapirib turgan bo`lsa-a? Gaplarga masofa kerak deb o`ylaysizmi? Adashasiz... Gaplarga masofa ham, vaqt ham to`sqinlik qila olmaydi. Men o`tmishda gapirilgan gaplarni eshitganman, ko`rganman, eshitayapman. Qanday yo`l bilan? Nima farqi bor, kitobmi, filmlarmi... Asosiysi ular eshitilayapti-ku... 

Ha, bu gaplarni aniq kimdir gapirgan, gapirmaganida ularni o`zim to`qib chiqarmasdim-ku. 
Kulgu. To`xta. 
— Sen jinni bo`lib qolmadingmi? 
— Qaysi ma'noda jinni bo`lib qolmadingmi?
— Nega savol bilan savolga javob berayapsan?
— Nega sen g`alati savol berayapsan?
— Sezdingmi to`rt qator dialogda umuman javob bo`lmadi?
— Ha, sezdim asosiysi sen sezdingmi?
— Men-ku sezdim, lekin hali ham javob bo`layotgani yo`q. Sen aniq jinni bo`lib qolibsan
— Nega endi jinni bo`lib qoldim?
— Chunki sen o`zing bilan o`zing gaplashayapsan, men, senman
— Nima bo`libdi? 
— Bu oddiy odamni qilig`i emas.
— Oddiy odam? Qanaqa bo`ladi u oddiy odam?
— Bilmadim, sendaka bo`lmaydi, bu aniq
— U sendaka ham bo`lmaydi. Chunki sen bu men.
— Ha, sezdingmi boshida men savol berayotgandim, keyin sen savol berishga, men esa javob qaytarishga o`tdim...
— Sezdim. Eng kulgulisi men o`zim savol berib o`zim javob berdim. 
— Ikkiga bo`lindik. Yaxshiyam ikkiga, uchga bo`linganimizda nima qilardik. 
— Uchga bo`linib yana orqaga qaytib qolardik

Savollar. Naqadar ko`psizlar. Balki men rostdan ham jinnimanmi? Ishqilib boshqa birov ham o`ziga shunday savolni berganmikan, yoki butun olamda faqat men shu savolni o`zimga berayapmanmi? Bora-bora gaplarim bir-xillashib ketayapti. O`zimga yoqayapti deb o`ylaysizmi? Shunday narsa bo`lsa edi. Butun miyyamni o`chirib tashlab, uni yangidan informatsiya bilan to`ldirsam. Butun miyyamni o`chirib yuborardim. Xatto, issiq-sovuqni farqiga borishni ham. Hamma narsani yangidan boshlardim. Umuman hammasi. Afsus, bu hammasi hayol. Shirin hayol. Biz esa hayotga qaytamiz. Hayot bilan, hayolni farqi ohirgi harfida ekan... Ohirgi... Ota-onani qadriga yetayapsizmi? Bir marotaba, yozilgan narsaga og`zaki javob bering. Ular qarishayapti, otangiz yoki onangizni yoqotganingizdan keyin hayotingizdan ranglar yoqoladi shuni bilasizmi? Birinchi Otangizni yoqotganingizda yorqin ranglar o`chadi, onangizni yoqotganingizda umuman ranglar yoqoladi. Bekorga emas shuncha gap. Ushbu satrlarni o`qiyotganlar ichida ular qadriga yetmayotganlar bor. Mayli, siz emasdirsiz, lekin, sizchi? 

Hayollarim. Kelmang iltimos. Yoqoling, iltimos. Qo`rqinchli hayollar yana kelmoqda. Bilasizmi, ba'zi narsalar haqida o`ylagim kelmaydi. Ular yomon narsalar. Haaaa. Yomon narsalar haqida gap boshlashim bilan, siz ham miyya kartotekasida eng yomon narsalar haqida eslashni o`ylashni boshladingiz. O`ylamang, kerak emas. Dunyoda faqat yaxshi narsalar haqida o`ylash kerak. Ular ijobat bo`lishni boshlaydi, agar ichingiz toza bo`lsa. Agar ichingiz qora bo`lsa eng yomon narsalar ijobat bo`lishni boshlaydi. Sizga bu gaplarni ko`p gapirishgan. Lekin, bundan interpretatsiyada hech kim aytmagan bo`lsa kerak. Fikrim so`ngida bir narsani aytmoqchiman. Bolgariya qayerda joylashgan?

Комментариев нет:

Отправить комментарий