O`lim nafasi


O`lim nafasi


O`lim nafasi

Yangi yilni ham kutib oldik, negadir ko`pchilik tanishlarim shu kunlarda shamollashibdi. Shu o`rinda o`zim ham, "yaxshigina" shamolladim. Shu holimga yana ishga ham chiqdim, bo`lmasa hech kim majburlamagandi. Ahvolim, normal, stabil darajaga yetgandi. Lekin, kecha boshim shu qadar og`rishni boshladiki, ovoz chiqarib "nola" qiladigan darajaga yetib keldim... Boshida uncha ahamiyat bermadim, keyin og`riq kuchayishni boshladi, sekin-asta qo`rqishni boshladim. To`g`risi sog`lig`im haqida uncha o`ylamayman, qayerimdir og`risa, uni o`zi yo`q bo`lishini kutaman holos. Dori ham ichmayman, ammo kechagi og`riq shunaqa edi-ki, devorga chiqib ketay degandim.

Uxlab turay, o`tib ketar deb o`yladim, uyg`onganimga 2 soat bo`lgandi-ku, negadir yana uxlab qoldim. 6-soat uyqudan so`ng uyg`onib qarasam, og`riq yo`q. Xursand bo`lib ketdim, xursandligim uzoqqa cho`zilmadi, 1 soatdan so`ng og`riq, yanada battarroq bo`lib qaytib keldi. 
Shu payt rostakam qo`rqib ketdim. Og`riq, ichki, markazsiz, zirqiragan va butun miyyamga tarqalayotgan edi. Shunda miyyamga har xil qo`rqinchli hayollar kelishni boshladi. Kim bilan bo`lmaydi deysiz. Rak deb o`yladim o`zimcha, o`lim ko`rindi ko`zimga, uni yuzini ko`rmadim, lekin nafasini sezdim. U shu qadar yaqin kelgandi-ki... Dunyoni o`zimsiz tasavvur qilib yubordim. Go`yoki hamma bor-ku, men esa yo`qman. Alam qildi, qo`rqdim, yaqinlarimni holatini ko`rdim. Xatto, o`zimni lahat ichida ham tasavvur qilib yubordim. Muzdek yerda yotib, ohiratni kutib yotgan banda kabi, negadir ohiratni tezroq kelishi xohishi paydo bo`ldi miyyamda. Chunki, bitta o`zim muzdek yerda yotishim qo`rqinchli edi. Xayot tugamaydigandek ko`rinardi menga, men olam qancha yashasa, men ham shuncha yashayman deb o`ylagandim. Lekin ular ichida eng qo`rqinchli fikr, "Men yo`qman" edi. U shunchalar qo`rqinchli edi-ki, butun borliq menga absurd tuyulib ketdi. Savobim, gunohimdan kamroq chiqishidan qo`rqdim. "Nega har kuni savob qilmadim ekan" degan savol qaytarildi. Armon, hijron ko`payib ketdi. "Ertaga" deb o`ylagan rejalarim bir tiyin tuyuldi. Ma'no yo`q ekan deb o`yladim. "To`xta, bunaqa bo`lmasligi kerak edi-ku, nahot-ki shunaqa bo`ladi, men hammasini boshqacha tasavvur qilgandim" deb o`yladim. Bir soniya, hammasi tugadi. Hamma, hammasi. Butun dunyo bilan ishim bo`lmay qoldi. O`zimda ayb, g`am-qayg`u qidirishni boshladim. Lekin, so`nggi pushaymon... 

Qo`rqib ketdim, o`zimni chalg`itmoqchi bo`ldim. Lekin, bu fikr qamrayverdi meni. Televizorni yoqsam, yaramga tuz sepgandek "So`nggi lahza" filmi bo`layotgan ekan. Bilasizmi, yig`ladim. Ha, tan olaman, yig`ladim. Buni hammaga ham aytavermayman-ku, lekin sizga aytayapman, yana qachon gaplashamiz bu mavzuda. Bilasizmi, o`lim bilan bog`liq bironta ham ironiya, hazil topa olmadim. Bu umuman kulguga arzimaydigan mavzu ekan. Qora muzlik. Shunday narsani tasavvur qiling, u qora bo`lsin va muzdan ham muzdek bo`lsin. Ha, xayotni nazar pisand qilmasdim. O`ylardim-ki hammasi men xohlaganimdek bo`ladi deb. Yo`q, ba'zida... deyarli hamma payt bizni tasavvurimiz ro`yobga kelmaydi. Biz qo`rqqan narsalarimiz oldimizga keladi. Yo`q, qarasam xayotni yaxshi ko`rarkanman. "Qani endi boshidan boshlasam". Yo`q, "Qani endi yana ozgina vaqtim bo`lsa" deb o`yladim... "Hammasini o`zgartirardim" deb o`yladim. Qayoqda... ertalab tursam, menda "Frontit" kasalligini boshlang`ich payti ekan. "Frontin" bu "Gaymorit"ni boshlang`ich toifasi. Menda esa shamollaganim uchun, burnim bitib, og`zimdan nafas olganim uchun, burnim yo`llari ventilatsiyadan to`xtagani uchun og`rigan ekan. Bor yo`g`i burnimdan nafas olmaganimga shuncha gap. Lekin, shuncha o`yladim, shuncha yozdim, hech narsa o`zgarmadi, "eski hammom, eski toz". Bugungi kunim oldingilaridan hech nimasi bilan o`zgarmadi, yaxshi tomonga ham, yomon tomomga ham o`zgarmadim. Ha, odamzot shunaqa ekan. Ohirgi payt "kallasi" ishlab qolib nimlarnidir xohlab qolarkan. Aytishadi-ki "Oqar suvni qadri, to`xtaganida bilinadi" deb... O`ylab ko`ring, balki siz boshqachadirsiz...

Комментариев нет:

Отправить комментарий