GooGooSha NEW ALBUM


Googoosha - Googoosha.Yangi albomi

Gulnora Karimovaning, Googoosha loyihasining yangi albomi sotuvga chiqish arafasida turibdi. Ushbu albomni rasmiy relizi Amerika Qo`shma Shtatlarida 5-iyun kuni bo`lib o`tadi. Albom 12 qo`shiq va bitta bonusni mujassam qilgan. Barcha qo`shiqlar Googoosha tomonidan ingliz tilida ijro qilingan. Googooshani yangi albomi kecha, yaxshi insonlarni sharafi bilan, taqdim qilindi. Qo`shiqlar haqiqatdan ham sifatli va jozibador chiqqan. Buni misoli, albom rossiyalik taniqli musiqiy prodyuser Maksim Fadeev bilan hamkorlikda yaratilingan. Maksim Fadeevni shaxsan men daho deb tan olganman. 90-chi yillardagi Linda, Monokini, Katya Lel, Glyukoza, Serebro loyihalari haqiqatdan ham sifatli maxsulotlar.


Albomga qaytamiz. 12 trek, 12 hil dunyo, barcha qo`shiqlar har-xil lekin, umumiy uslibiyatini saqlab qolgan. Albomni asosiy elementlari gitara, vokal, ovozli effektlar va labatta elektronika. 

Googooshani yangi albomi Trip-Hop, Downtempo, Ambient, Lo-Fi tovushlaridan iborat. Qo`shiqlar Romantika, yangilik, agressivlik, buntarlik ruhiyatini ufurib turibdi. Albomdagi qo`shiqlar e’tiborga loyiqligi uchun ularni har birini tahlil qilmoqchiman.

Googoosha – Night. Bu qo`shiq Max Fadeev ijro qilgan “Googoosha” trekini eslatib yubordi. Max Fadeev enigmatic, elementlar qo`shib. Ommaviy ovozlardan foydalangan. Chuqur analiz qilishga yetarlicha material mavjud ushbu trekda. Trekni musiqiy mavzusi sokinlikdan jo`shqinlikga va uni aksi.

Googoosha – How Dare. Bu qo`shiq esa o`ta agressiv ruhga ega. Tarjimasi esa, “Qanday hadding sig`di”… Kimdir bu so`zlardan qandaydir mavzu topar. Eshitilishi, elektronika, effektli ovozlar, dadil talaffuzlar, o`ziga ishonganlar qalbidan chuqurroq joy oladi ushbu qo`shiq. Menga juda ham yoqqanlaridan biri.

Googoosha – Wake up. Romantik tarona, negadir ushbu qo`shiq menga Hollywood filmlarining ohirida qo`yiladigan qo`shiqlarni eslatib yubordi. Tarona ijrosi umuman o`zgacha, qandaydir muddat uni Googooshani o`zi ijro qilganiga ham shubham paydo bo`ldi. Sinchkovlik bilan tinglanganda asl mohiyat aniqligi bilindi. Samimiy, mehribon qo`shiq. 

Googoosha – I Live. Katta maydonni o`ziga jalb qilgan tarona. Elektronika va milliy cholg`u asboblarimizdan foydalangan. Yosh bolalarni o`zbek tilidagi kupletlari eshitganimda, etlarim jimirlab ketdi. Eski xotiralarni ham eslatib, kelajakni chaqirayotgan ohanglar. Insonlarni yashashga, aynan “yashashga” undaydigan tarona. Birdamlik, hamjihatlik, osoyishtalik, maqsad tomon intilish hamma-hammasi mujassam.

Googoosha – How to fly. Samoviy so`zlar, his tuyg`ular aralashgan trek. Setor ovozi uchun alohida plus. Sokinlik bilan boshlanib, ikkinchi bo`limi, og`ir rockdan iborat. Ijroga alohida e’tiborim. Elektron gitara ovozlari, setor notalari, tovushli sayqallar. Umumiy uslubi “action” His tuyg`ular jimbushga kelishi, tabiiy holat.

Googoosha – Superstar. Psixodelika va milliy asboblar. Ko`proq Sadeni ovozini eslatdi. O`zimni fikrim bo`yicha, agressivlik kamroq ushbu taronada. Uni chuqurroq qilib tortiq qilish kerak edi. Umumiy konsepsiyasi yaxshi, lekin, esda qoladigan detallari kam.

Googoosha – Try try try. Ijroga effektlarga katta e’tibor qaratilgan. Boshidagi rechitativdan Googooshani ovozini tanimadim ham. Elektronika va milliy ohanglar, hususan Abduhoshim Ismoilovni ijrosi, qo`shiqni umumiy konstruksiyasiga zo`r o`tirgan. Kuchli qo`shiq, ovozlar ko`p, lekin, ko`pligi me’daga tegmaydi. Menga juda yoqdi.

Googoosha – H.U.G. Bu tarona esa ko`proq downtempo uslubida. Aynan menga yoqadigan uslub. Futurizmni o`zida mujassam qilgan. Dadil ijro, buntarlik ohanglari. Snoblarga bu qo`shiq yoqib tushadi. Qo`shiqni ayol ijro qilgani uchun, dadillik bilan, nafislik hamohang keladi. Xatto ular orasidagi tafovutni sezmaysiz ham. Umumiy uslub esa aytib o`tganimdek... Xattoki “I’m sorry” so`zlaridan oldin “Fuck” so`zini ham eshitib qoldim… Qo`shiqni umumiy strukturasi, ichki dunyoimga o`rnashib qoldi. Hali beri u yerdan chiqib ketmasa kerak. 

Googoosha – Battle of Life. Hayot kurashi. Har kimda har-xil tuyg`u uyg`otadi. Barabanlar ovozi kuchliroq, ovoz o`zi bilan nimanidir olib kelayotgandek. Bugungi kunni ! eslatadi. Xuddi, o`tgan zamondek, bugungi kunimizni eslatadi. “Xayot uchun” — loyihasiga aynan shu qo`shiqni gimn qilish kerak edi. Xamjixatlik ushbu taronada ko`proq. 

Googoosha – I’m Alive. Strukturasi jihatidan “I Live” taronasini eslatadi, boshida bu qo`shiq “I Live” taronasini ikkinchi versiyasi deb o`yladim. Sinchkovlik bilan tinglanganda esa, bu umuman boshqa qo`shiqligi ma’lum bo`ldi. Asosan, enigmatic ijro va enigmatic musiqiy asboblardan foydalanilgan. “Men tirikman” — deyilgan qo`shiqda, har bir odam o`zini ko`radi. Aynan, o`zini, tirikligini, mavjudligini, nimalargadir qodirligini. Bu musiqiy bekat, odamni to`xtatib, ozgina kutib, kelajagini analiz qilib olishiga chorlaydi. O`tmishimiz, tariximiz, bugunimiz va kelajagimiz katta dovul kabi qorishishni boshlaydi. Hayot samoviy tuhfaligini eslatadi.

Googoosha – Round Run. Bu qo`shiqni 3 hil ko`rinishi mavjud. Birinchi remiksini eshitganimda menga uncha yoqmagandi. Remikslar uncha yoqmaydi. “Round Run” taronasini original ko`rinishini tinglaganimda, u remikslaridan ancha sifatliroq chiqqani, musiqiy mavzusi boy tuzilgani ma’lum bo`ldi. Bu tarona o`zidan elektron musiqa va milliy ohanglarni chiroyli simbiozini yaratgan. Verdikt, “Round Run” taronasi miyya massaji vazifasini o`taydi.

Googoosha – Inside me. Musiqasida ozgina Reggy ohanglari mavjud. Yana bir agressiv tarona. Ijro qilinishi Sade, Gaelleni ovoziga o`xshaydi. Relaksaksiya ushlab o`zini bo`sh qo`yib yuboradigan mavzu. Mayinlik ham mavjud, lekin, tajovuz ustun keladi. Nafislikni va buntarlikni kurashi aks etgan. “Mening ichimda” — degan tarona yana qanday ohang berishi mumkin. 

Googoosha – Round Run [Dj White Shadow remix] Ushbu tarona ko`proq Swedish House Mafia, Deadmau5 va Eric Prydzlarni uslubini eslatib yubordi. Yaxshi taronaga, yaxshi remiks. Remikslarni uncha yoqtirmayman, chunki sifatli remikslar nisbatan kam bo`ladi. Baribir hamma narsani originali yaxshi.

Umumiy verdikt. Googoosha – “Googoosha” — deb nomlangan albom haqiqatdan ham sifatli chiqqan. Rasmiy ma’lumotlarda keltirib o`tilgandek, asosiy mavzu Massive Attack, Moby, Kanye Westlarga yaqinlashgan. Shaxsan o`zim esa Faithless va Royskopp komandalarini uslubini ham ko`rdim. Ma’lumotlarga qaraganda, albom AQSh, Yevropa, Rossiya va Osiyoda ham sotuvga chiqar ekan. Qo`rqmay aytishim mumkin, ushbu albom o`zini mohiyati bilan hech qayerda, hech kimni uyaltirmaydi. O`zbekistonni gapirmasa ham bo`ladi. Bizni shou-biznes vakillarimiz, ko`proq musiqiy savodlarini oshirib, ko`proq sifatli narsalarni eshitib ulardan ilhomlanib shunaqa sifatli maxsulotlarni ko`proq yaratishsa, yaxshi bo`lar edi. Sifatli musiqaga o`rganganlar uchun “Googoosha” — albomi katta sovg`a bo`ladi. Endi barcha melomanlar albomni rasmiy relizini kutishlari qoldi.

P.S. Keltirib o`tilgan fikrlar, shaxsiy fikrlar. Mening dunyoqarashim taronalarni o`z holaticha qa’bul qildi. Boshqalarda boshqa ta’surot uyg`otishi mumkin. Tahlilni shaxsiy fikr ko`rinishida qa’bul qiling.

Комментариев нет:

Отправить комментарий