
Yoshlarning sevimli guruhlaridan bir bo'lmish "Benom" yani Sarvar va Komilning ilk albom taqdimoti bo'lishi kutilayotgani haqida habaringiz bo'lsa kerak! 26 Yanvar soat 15:00 da Istiqlol San'at Saroyi yonidagi Muloqot kafesida bo'lib o'tishi rejalashtirilayotgan uchrashuvda barcha muhlislar va OAV xodimlari tashrif buyurishadi.Quvonarlisi shuki bu uchrashuvda har kim o'z qiziqtirgan savollari bilan ijodkorlarga murojaat qilishlari mumkin! Bundan tashqari albom taqdimoti kunida "Benom" guruhining albom dasxatli diski va turli sovg'alarga ega bo'lishingiz mumkin! Muloqot kafesiga kirish chegaralanmagan.

Yana bir ajoyib sovg’a bor. Muxlislar taqdimotning birinchi qismida, albom taqdimotining ikkinchi qismidan o’rin olgan yulduzlar yog’dusidan iborat bo’ladigan yopiq tarzda o’tadigan shou dasturga ham chiptalar qo’lga kiritishlari mumkin. Faqatgina eng faol va bilimdon muxlislar ajratilgan 6ta chiptani qo’lga kiritib, haqiqiy yulduzlar yog’dusiga tashrif buyurishlari mumkin. Bunday imkoniyat har doim ham bo’lavermaydi. Shunday ekan shoshiling, aziz muxlislar. Albom taqdimotining ikkinchi qismi esa «XXX» restoraning tungi klubida soat 19:00da boshlanadi. Bu tadbir yopiq holda o’tkaziladi va unga faqatgina maxsus taklifnomaga ega bo’lganlar kira olishadi xolos. Aynan shu kuni yigitlar estradamizning yorqin yulduzlar hamda muxlislar oldida jonli ijroda kuylab imtixon topshirishadi. Barchasi a'lo kayfiyatda o'tishiga tilakdoshmiz!
Bizni ham guruh vakili Sarvar ushbu uchrashuvga rasman taklif etdi. Shunday ekan albatta on-line reportaj sevimli portalingizda! Agar ularga ata;gan savollaringiz bo'lsa saytimizda qoldirishingiz ham mumkin bo'ladi
Комментариев нет:
Отправить комментарий