RAYHON DOIM BIR QADAM OLDINDA

 
Go'zal va maftunkor O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, MTVA-2012 "Yilning eng yaxshi ayol xonandasi" naminatsiyasi g'olibi Rayhondan yana bir kutilmagan mega namoyish. Doim barchadan bir qadam oldinda bo'lgan, hamisha yangiliklarga intilgan Rayhonning bu galgi yangi "Qani" deb nomlangan taronasiga,  MTVA-2012 "Yilning eng yaxshi klipmeykeri" naminatsiyasi g'olibi Nozim Jumayev klip suratga olmoqda.

Klipda umuman o'zgacha lavhalar va kutilmagan voqealarga guvoh bo'lasiz, bu haqida sal keyinroq... Xozircha sizga shuni ma'lum qilamizki Rayhonning bu galgi klipida Adiz Rajabov, Aziz Rametov hamda xonandaning turmush o'rtog'i Yigitali ham "Qani" klipida suratga tushdi. Bundan tashqari mashhur aktrisalar ham klipda chiqishgan ular kim ekanliklari hozircha sir!?


Klipni tasvirga olish jarayoni 19.01.2013 sanasida boshlandi, havo sovuq bo'lishiga qaramay tasvirga olish jarayoni illiq kayfiyatda o'tdi. Shuni alohida aytish joiz Nozim Jumayev bugungi kuning eng ishining ustasi bo'lgan klipmeykerlardan biri!

Garchan klip uchun Rayhonning tasvirga olish payti bo'lmasada,  u hamkasblarini qo'llab quvatlashga, klipdan habar olishga tasvirga olish maydoniga keldi. QOYIL! (Rayhon o'zining rasmiy sayti uchun foto muhbirlik qildi, bu albatta sevimli muhlislari uchun) Rayhon suratga olishni yaxshi ko'rishini aytib o'tdi.


Xullas "Qani" klipining suratga olish kunidan birinchi  reportajimizi kuzatdingiz. Rayhon tomonidan Shok sayti uchun olingan eksklyuziv intervyuni esa birozdan so'ng e'tiboringizga havola etamiz! Biz bilan birga bo'ling!

Комментариев нет:

Отправить комментарий