Shahzoda yashirgan sir


Shahzoda Samui oroliga oilaviy hordiq safari bilan jo'nab ketganligi haqida habaringiz bo'lsa kerak  Ammo safarda ijodiy ishga qo'l urilishi haqida sir tutgan Shahzoda xordiq davomida ham muhlislar uchun  yangi klip suratga oldirganligini ma'lum qildi!

Shahzodaning muxlislari tomonidan bizga shu rasm yetib kelgan edi. Muxlislarning savoli shunday edi: Shahzoda Tailandga jo'nab ketibdi, klip suratga olish uchunmi? (Ahir bekordan bekor stilist Bekzod Shahzodani chiroyli ko'rinishga keltirmaydi, demak haqiqatdan klip ham olingan deb shubha qilgandik)
Biz esa shu savol bilan unga murojaat qilganimizda, bu haqida keyinroq deb javob bergan edi.

Ammo unda avval Shahzoda orolga oilaviy dam olayotgani haqida habar qilgan edi, ammo dam olish bahonasida naqd ikkita klipni rejissyor A.Syutkin suratga olgani haqida habar topdik. Yaqin kunlarda shu haqida Shahzodaning o'zidan suhbatimizda ko'rib guvoh bo'lasiz.

Yangi klip qo'shig'ini xonanda Dr.Costi bilan duet sifatida kuylagan, qo'shiq nomi hali aniqlanmagan. Hozirgi paytda ijodkorlar qo'shiq nomini o'ylashmoqda! Klip esa montaj jarayonida, tez kunlarda premyera bo'lib qolsa ajab emas.  Barchasi haqida batafsil yoritib boramiz, biz bilan birga bo'ling.

Klip jarayonidagi eng a'lo rasm, aynan shu fotosurat!

Комментариев нет:

Отправить комментарий