OYDIN YUSUPOVA KEL DEB KIMNI CHORLADI?

Bloglar

 # # # # # # # # #


Oydin Yusupovani yaxshigina aktrisa, mahoratli xonanda sifatida ko’pchilik yaxshigina bilishadi, tan olishadi va muxlislik qilishadi. Ammo e’tibor bergan bo’lsangiz ijodkor shu kungacha hali biror-bir klip suratga olmagan edi. Yaqin kunlarda xonanda o’zining “Kel” nomli qo’shig’iga birinchi klipini 13-may sanasida suratga olishga muvaffaq bo’ldi. Ushbu klip rejissyori – Timur (Aystim) bo’lib, aksariyat tasvirlar yashil fonda suratga olindi. Oydinning imidji ustida ishlagan Begzod Saitovning mahoratiga yana bir bor tan bermasdan ilojimiz yo’q. Bir necha o’ziga xos liboslarda suratga tushgan Yusupova shu kuni qo’shiqni ham o’ziga xos yo’nalishda kuylaganligini isbotladi. Klip jarayonidan eksklyuziv fotolarni tomosha qiling!



Estradamiz yulduzi otasiga 1-guruh qon kerak!!!

DonorShu kunga qadar biz portalimiz muxlislariga biror bir yordam tarzida murojaat qilmagan edik. Bugun esa yordam murojaatimizga quloq tutishingizni so’rab qolamiz. Estradamiz yulduzlaridan birining otalari betob. Ularga hozirda 1-guruh qon juda zarur. Agar orangizda kimning qoni 1-guruhga mansub bo’lsa, iltimos biz bilan aloqaga chiqing.

Ko’pchilikda savol tug’ilishi mumkin. Qaysi yulduzimizga kerak, degan. Ammo, u qaysi yulduz bo’lishidan qat’iy nazar bugun sizning yordamingizga muhtojmiz. Shunday ekan, kimning qoni 1-guruhga mansub bo’lsa (+99890) 3203993 telefon raqamlariga bog’lanishlarini iltimos qilib qolamiz. Shunday og’ir kunlarda bir-birimizdan yordamimizni ayamaylik, azizlar! Hammamiz bir odamning farzandimiz. Umid qilamizki, bizning murojaatimiz bee’tibor qolmaydi.
Shu o’rinda SB.uz portali jamoasi estradamiz yulduzi padari-buzrukvorlariga shifo tilab qolamiz. Nasib qilsa, bu og’ir kunlarni ko’rmagandek bo’lib ketasiz!!!

RAYHON MUHLISIDAN MAKTUB


RAYHON MUHLISIDAN MAKTUB



O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Rayhon G'aniyevaning bu yilgi konsert dasturini muhlislar intizorlik bilan kutishgani shubhasiz, har yili 14 Fevral sanasida bo'lib o'tishi ana'naga ulgirgan konsert, bu yil ikki oy ortga cho'zdirilgani achinarli xolat. Chunki aynan ushbu sanada Rayhoning konsertni kutishar edi. Uzoq kutilgan hayajonlarga boy konsertning ilk kuni a'lo darajada o'tdi. E'tiboringizga konsertdan bir nechta suratlar va Rayhonning ashaddiy muhlisidan hayratlanarli maktubni havola etamiz.

Avvalam bor Asalomu Aleykum RAYHON,RAYHON mana Bor yo'g'i bir necha soatlardan so'ng Biz eng orzuqib kutgan Konsert dasturimiz boshlanadi,Tog'risi har yili 14-Fevral ni kutib yashar edik va har yili 14-Fevral kunidan so'ng kelgusi yildagi 14-Fevral sanasini intiqib kutar edik,Ammo bu yili barchasi o'zgacha bo'ldi yani,Bu yili biz Bir yil yani 12-oy emas balkim 14-oy sal kam 400 KUN ushbu sanani sabr sizlik bilan kutdik,To'g'risi xozir ham VAQT to'htab qolgandek go'yo Bir Lahza Bir YIL dek Bir Soniya esa Bir ARS dek tuyilmoqda yo'q menimcha tuyilmayabdi rostdanham VAQT to'htab qolgan,Bu haqiqat,Qachon biz kutgan soatlar va soniyalar keladi Nega vaqt tezroq o'ta qolmaydi,Nimaga xozir 24-Aprel soat 19:00 bo'lib qola qolmaydi degan yosh bolalarcha o'ylar va hayollar xech ham meni tark etayotgani yo'q,Qolaversa bu yilgi konsert dasturingizda men uchun bir o'zgachalik bor,RAYHON bu yilgi konsert dasturingizga Shaxsan O'zingizdan TAKLIFNOMA olganim Bu Bilasizmi ? Bu men uchun mutlaqo unutilmas hodisadur,Bu men uchun ulkan sharaf be qiyos baxt va Olam-Olam quvonch demakdir,Bu yilgi Konsert dasturingizga chiptalar sotuvga chiqgan vaqtda Chipta olishga biroz kechikdim,Albatda Fursat va imkon topib Konsert zal Kassalariga borganimizda Kechirasiz barcha biletlar sotib bo'lindi birontaham belet qolmadi endi kelasi yilini kutasiz diyishganida Qay ahvolga tushganimni Men va yaka Oloh bildi,Konsert kunlari Istiqlol Sanat Saroyi oldiga borib amallab chipta toparman deb Umid bilan Minglab o'ylar iskanjasida yurgan vaqtimda Nega vahliroq harakat qilmadin,Konsert kuni bilet topolmasenchi,Bu yili RAYHON ni ko'rolmasenchi,Konsertlariga tusholmasen nima bo'ladi degan ichki ovozlar ichimni tirnayotgan hayollarim esa meni Pichoqsiz burdalayotgan vaqtda Siz tomoningizdan hadiya etilgan ushbu Taklifnoma Avvalo Olohning keyin esa sizning Menga bergan O'z Jonimdanda Ziyoda bir Sovg'a bo'ldi va Ulkan Quyoshdan taralayotgan yorug'lik,Nur misol mening hayotimni yoritgan holda Afsus,Alam,Istiroblarimdan jam bo'lgan hayollarim ustidagi qora bulutlarni tarqatib yubordi go'yo,Fanclubimiz Rahbarlari menga siz tomoningizdan hadiya etilgan ushbu sovg'a haqida xabar berganlarida To'g'risi dastlab bu so'zlarga ishongim kelmadi,To'g'risi yuqorida aytganlarimni inobatga olganda Real hayotda bo'lishi mumkun bo'lmagan bir ertak misol voqea edi bu RAYHON,Bugun taklifnomani qo'limga Olib Oltin Hariflar bilan bitilgan So'zlaringiz va Sizning Jannat Osmonidagi Yulduzlar bilan yozilajak Dasxatingizni ko'rganimda chin manoda ko'zlarim hattoki namlandi RAYHON,Yuqorida aytganimdek bu hodisa men uchun sharaf,Men uchun Baxt,Men uchun Oltinga teng sovg'a...
Bek_Uzbekistan

RAYHONING FAN KLUB A'ZOLARI, UNI HAR DAQIQA QO'LLAB QUVVATLASHDI!

RAYHON SAHNADA O'Z FAN CLUBIGA MINNATDORCHILIK BILDIRDI!

LOVILLATGAN, ZIRQIRATGAN BETAKROR RAYHON


LOVILLATGAN, ZIRQIRATGAN BETAKROR RAYHON



Estradamizning chinakamiga mega yulduzi Rayhon G'aniyevaning joriy yildagi yangi konserti har doimgidanda tinimsizlik bilan muhlislar tomonidan orzu qilib, kutildi desak yanglishmagan bo'lamiz.

Konsertdagi dilga yaqin taronalar, ko'ngilni hushnud etuvchi qo'shiqlar, raqsga chorlagan musiqa va harakatlar, xullas hammasi a'lo darajada. Konsertdagi "3D" effektlar, zamonaviy raqs san'atining eng yorqin harakatlari, jo'shqinlik muhlislarni larzaga solgani shubhasiz.

Rayhon bu yilgi konsertini onasining xotirasiga bag'ishlangan, etni jimirlatuvchi go'zal tarona "Oyijon" qo'shig'ini rus tilida kuylab, konsertni ochib berdi.Ko'zlaridagi mayuslik va jonli ijro tomoshabini biroz o'yga tortdi....

Konsertdagi ilk taronalar qatoridan joy olgan "Yuragimdasan" qo'shig'iga ishlangan ajoyib kompozitsiya va ko'pchilik tanimagan qora kiyimdagi xonandaning turmush o'rtog'i Yigitali Mamajonov haqiqatdan daxshatli tryuklar bajardi.

Kapalaklarni eslatuvchi harakatlar va Rayhonning koreyaliklar millatiga mansub ajoyib imidji konsertga o'zgacha bezak bo'ldi.


Milliy va zamonaviy stildagi ajoyib kastum. Faqat yuqori haroratda o'tgan konsertda tomoshabinlar faqat va faqat Rayhonni qo'llab quvvatlashdi

Ajoyib Sherni eslatuvchi ko'rinishdagi qizaloq harakatlari konsertdagi unutilmas voqealardan biri bo'ldi.


Honanada yangi "Do'st" taronasining avvalida barcha do'stlar bir biriga sodiq bo'lishini aytib o'tdi.

Kastyumlar orasidagi eng chiroyli va bejirim ko'rinishdagi libosda saxnaga chiqgan Rayhonni ko'rgan muhlislar qichqirib yuborishdi. Konsertning deyarli boshidan oxirgacha osmonda kapalaklar va ajoyib tryuklar ko'rsatilgani umuman o'zgacha bo'ldi. Hattoki Rayhonning o'zi ham bir necha bor osmonlarda parvoz qildi.

Rayhonning misrliklar va xindlar ko'rinishini eslatuvchi ajoyib ko'rinishi va AZART bilan saxnadagi raqs harakatlari, jo'shqinligi va ijro maxorati bir so'z bilan aytganda SUPER bo'ldi.

Konsertdagi Rayhonning har bir ko'rinishi, yangi taronalari a'lo baholandi. Konsertning keyingi kunlaridan ham albatta reportajlar taqdim etiladi. Rayhon konserti "Qani" taronasi bilan yakunladi, bizni hayratga solgani esa monitorda klipga ishlangan fan club hamda TATU talabalari tomonidan parodiya tarzida suratga olingan "Qani" klipi namoyish etildi, qoil qolmasdan ilojimiz yo'q. Rayhon har bir insonni mehnatini qadirlagani taqsinga sazovor! Eng asosiysi tez orada konsertdan olingan har bir ko'rinish tasvirga olingan video lavhani ham e'tiboringizga havola etiladi. Biz bilan birga bo'ling.

Fotograf muharrir va operator: Amirxon