RAYHONNING YASHIRIN SIRLARI....



Sanoqli kunlardan so'ng go'zal va maftunkor barchaga sevimli bo'lgan Rayhonning navbatdagi yakkaxon konsert dasturi bo'lib o'tadi. Ayni kunlarda xonanda tinim bilmay konsertga tayyorgarchilik ko'rmoqda. Har bir konsertdagi chiqishga o'zgacha ko'rinish va originallikga intilayotgan xonandaning repetitsiya jarayonidan maxsus reportajni havola etamiz.



Professional xoreograflar bilan ijod qilayotgan Rayhon deyarli har bir taronasiga raqs va saxna ko'rinishlar qilayotganligiga guvoh bo'ldik.



Bir emas, bir nechta chiqishlar bilan ajoyib tryuklar qilib konsertda chiqayotgan Yigit Ali "USHU" sport turi bilan muntazam shug'ullanmoqda. "Yuragimdasan" taronasiga ishlanayotgan saxna ko'rinishi konsertning eng qiziqarli daqiqalar bo'lishiga shubha yo'q.



Rayhonning singlisi Nasiba ham doimgidek opasini qo'llab quvvatlash maqsadida doimgidek uning oldida.



Rayhon bu galgi konsertida ham katta saxnaga kichkintoy yulduzlarni olib chiqish niyatida, yani taronalarining biriga kichkintoylar bilan raqsga tushishadi.



Rayhon konsertida necha xil ko'rinishda bo'lishini sir tutdi. Eng katta urg'u bergan ma'lumoti shu bo'ldiki, u konsertda "Do'st" qo'shig'i orqali haqiqiy do'st qanday bo'lishi haqida ijro etadi. Konsertda 22 ta tarona kuylanadi. 11 ta yangi qo'shiqlar premyerasi qolganlari esa avvalgi ijod namunalaridan.



Konsertdan reportajni albatta Shok saytida kuting. Rayhonga esa omad yor bo'lishini va kuchli iroda hamroh bo'lishini tilab qolamiz.

Комментариев нет:

Отправить комментарий