Jo'shqin xonanda, Umidaxondan umuman betakror va maftunkorona fotosessiya. Akfa media kompaniyasi faoliyatini to'xtatgandan buyon kompaniya xonandalaridan faqatgina Umidaxon o'z ijodini to'xtatib qo'yayotgani yo'q. Boshqalar kabi ijodda kimdurlarga ishonib qolmasdan, o'z faoliyatini o'zi olib bormoqda.
Fotosessiyaga keladigan bo'lsak, biz Umidaxonni faqatgina jo'shqin va shaddot obrozlarda ko'rgan edik, bu galgi suratlarda xonandani umuman o'zgacha, biri maftunkor bo'lsa yana biri sho'x ko'rinishda tomosha qilishimiz mumkin.
Antiqa suratlardagi mayda detallardan tortib soch turmagigacha professional yondashilgan. Xullas ushbu suratlarni hohlagan jurnaldan tortib, brend do'konlar taxtachalariga ham mos deb beymalol ayta olamiz.
Nima ham der edik Umidaxon bo'sh kelmang, o'tgan yili yilning eng yaxshi xonandalari qatoridan kuchli beshlikga kirdingiz, bu yili birinchilikni qo'lga kiritishingiz shubhasiz. Omad!
BALKI BU FOTOSESSIYA GLAMUR JURNAL MUQOVASIDA HAM CHIQIB QOLSA AJABMAS!
Комментариев нет:
Отправить комментарий