NOGIRON BOLALAR QUVONCHIDAN YIG'LAGAN MUNISA RIZAEVA


20-Mart Navro'z ayyomi munosabati bilan Shok.Uz sayti hayrli ishlarni amalga oshirishga qo'l urdi. Hayriya tadbirini o'z oldimizga maqsad qilib, milliy ayomimizni yuqori kayfiyatda o'tkazdik.  Nogironlar uyida o'tkazilgan Navro'z hayriya konsertimizga tashrif buyurgan xonanda Munisa Rizaeva barcha imkoniyati cheklangan bolalarning qalblariga shodlik, yuzlariga tabassum yugurishida sababchi bo'ldi. Xonanda Munisa yosh qalblarni va ulardagi hayotga bo'lgan umidni ko'rganidan quvonchli mehr ulashishlarini ko'rib hursandligidan yig'lab ham yubordi. Nima bo'lganda ham bolajonlarning unga bo'lgan mehri cheksiz. Munisa Rizayevaning bolajonlarga qilgan Navro'z sovg'asi ham taqsinga loyiq. Turli shirinliklar va sovg'alar nogiron bolalar uchun haqiqiy bayram sovg'asi bo'ldi desak yanglishmagan bo'lamiz. 

Комментариев нет:

Отправить комментарий