
20-Mart sanasida u-pop sayti va bir necha hamkorlarimiz bilan birgalikda hayrli ishlarga bel bog'ladik. Navro'z ayyomini nafaqat yulduzlar bilan KATTA SHOU sifatida o'tkazishni rejalashtirganmiz balki hayrli ishlarni ham amalga oshirishni o'z oldimizga maqsad qilgan edik. Xullas aynan ushbu kunda mehribonlik bolalar uyida va nogironlar uyida hayriya konsertni o'zkazishga qaror qildik. Ichki Ishlar Vazirligi Madaniyat saroyi va Universal art clubi bilan birgalikdagi hayrli ishimizda o'z oldimizga maqsad qilgan rejamiz, yani bolajonlarni hursand qilish baxtiga muyassar bo'ldik.

Hayrli ishimizga albatta estradamizning yorqin yulduzlarini taklif qildik. O'zi aslida o'nga yaqin xonanda taklif qildik xolos. Ammo ular o'zini taroziga solib kelolmayman deyishdi. Ba'zilari esa kelaman deya, va'dalari ustidan chiqisha olishmadi.


Doimiy ravishda hayrli ishlarni amalga oshirib kelgan xonanda Kaniza bizning hayriya tadbirimizga ham tashrif buyurdi. Unga bo'lgan bolalarning mehri cheksiz ekanligi quvonarli hol albatta!( Hayriya g'oyalarini Kaniza doim bizga berib borgan edi.) Honanda hamisha taklif etilgan hayriya ishlarga shay!


Tadbir davomida Universal art klubining kichik ijodkorlari ham o'z tengdoshlarini hushnud etishdi.
Oyxon Iforzodaning bolalar bilan bo'lgan samimiy muloqoti barcha tarbiyachilarni hursand qildi. Tashrif uchun Oyxonga ham o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. (Oyxon esa bunday tadbirlarni qoldirmaslika harakat qilishini aytib o'tdi, barakalla bor ekanku)



Honanda Hurshid nogiron bolalarni ko'rib, ancha kayfiyati tushganini bizdan yashira olmadi.



Yosh xonanda Hurshid Ishonhadjayev ham sho'x taronalari bilan imkoniyati cheklangan bolalarni nafaqat hursand qildi, balki raqsga ham taklif qildi.


Yordamga muhtojlarga hamisha o'z mehrimiz va yordamimizni ayamaylik!

Munisa Rizayevaning bolalarga bo'lgan mehri va sovg'alari taqsinga sazovor.(Munisa Rizaeva hayriya tadbirimizda ishtirok etish taklifimizni darrov qabul qilib, bolajonlarni yanada hursand qildi.)

Otabek Mahkamov nafaqat samimiy tabrikladi balki qo'shiq ham kuylab yubordi.


Hayriya tadbirlarimizga o'z hissasini qo'shgan barcha barchaga, jumladan san'atkorlarimizga ulkan omad va yutuqlarni tilab qolamiz. Qanchadan qancha yetimlarni boshini silagan kishiga hamisha baxt va omad yor bo'ladi. Taklif etilgan honandalar ichidan kelmaganlar afsus shunday savob ishlardan qolib ketdingiz, kelganlarga esa bolajonlar hamda saytimiz hodimlari tomonidan tashakkur bildiramiz!Tez orada e'tiboringizga ajoyib hayriya tadbiridan eksklyuziv intervyular va konsertdan jonli ajoyib lavhalarni taqdim etamiz. Biz bilan birga bo'ling.
Комментариев нет:
Отправить комментарий