Lolaxon siz san'atdagi yagona, birinchi va oxirgi emassiz?


Bugungi kunga qadar Shok sayti O'zbek estradasining deyarli barcha yorqin yulduzlari bilan  hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Turli ijodiy yangiliklar, media mahsulotlar hamda shou biznes yulduzlari bilan eksklyuziv intervyularni taqdim etmoqda. Aynan  mana shunday suhbat  uyishtirish maqsadida navbatdagi intervyuga xonanda Lolani taklif etgan edik. 

Lolaning ma'muri:
Lolaning konsertini tanqidiy yoritganligingiz uchun Lola sizlardan hafa, 
intervyu berishni hohlamadi. (Mana tayyor boxona, super!)

Taklifimizga mana shunday javob oldik... Bizning javobimiz! 

1. Konsertni haqqoniy yoritganimiz ayb ish bo'lsa, kechirib qo'yasiz, ayb bizdan o'tdi. 
2. Konsertdagi sun'iy fan club, ulama sochlar to'kilganligi va konsertdagi hatoliklar haqidagi 
odilona fikrimiz yoqmay qolibdida! 
3. Shok sayti faoliyati boshlanganiga hali ko'p bo'lmagani sabab, bizni mensimadingizmi??? O'zlari 
tayinli ijod qilib, biror bir ijodni qoyilatib "Xizmat ko'rsatgan" unvoni olganlarida  tushunsa bo'lardi... 
(Mazur tutasizku biz konsertda Nyushaga taqlid qilganingiz, fan club adminstratori xonanda Lola bizni mensimadi  deya arz qilingan maqolani saytimizga joylashtirmadik... )

Xonanda Lola haqida saytimizda deyarli hech qanday yangilik berilmaydi, sababi 
Lolaxonim faqat OAVdan birginasi bilan ishlar emushlar! Xurmatli xonandalar shou biznes Bog'cha emasku. SEN BILAN O'YNAYMAN,  U BILAN O'YNAMAYMAN deydigan. 
OAV xodimlari esa hohlagan paytda muhim bir voqea joyidan axborot tarqatish huquqiga ega emasmi? 
San'atkorni elga tanitadigan muhlislari bilan jurnalistlardur, shunday emasmi? Xonanda Lolani 
muhlislari ko'p ekanligini konsertdagi FanClubi orqali bilib oldik. Jurnalistlarga bo'lgan 
munosabati esa bu axvol... Lolaxon siz san'atdagi yagona, birinchi va oxirgi emassiz? 
Zo'rdan zo'r chiqadi, siz bo'lmasangiz boshqasi. 
Bizni dushman deb bilar ekansiz?! hafa emasmiz.


Bizni esa sizga hech qanday gapimiz yo'q.  
Shok.Uz saytida faqat arziganlar chiqadi! 

Ma'muriyat.

Комментариев нет:

Отправить комментарий