Muhabbat oliy tuygu qadriga yeting uni

Kimdir oshkor tan oladi, 
Tahsin o`qir shukrona. 
Kimdir seni sir tutadi 
O`tda yonar pinhona. 
Kimlarga sen kulib boqding 
Tepkilaydi mastona. 
Kimlar uchun osmondasan 
Sig`inadi devona. 
Anglolmadik to abad, 
Anglolmaymiz to abad. 
Xom sut emgan bandamiz, 
O`zing kechir, MUHABBAT!!! 

Darhaqiqat, kimlarnidir tahsin o`qishga, kimnidir pinhona o`tda yonishga, yana ba`zilarni sig`inishga majbur qilgan sehrli kuch-MUHABBATdan kechirim so`rashdan avval keling uni anglashga, uning quvonchu armonlarga to`la ko`chalariga nazar solib ko`rishga harakat qilamiz. 
Menimcha, MUHABBAT-bu hayotni yangicha, o`zgacha talqin etishga yordam beribgina qolmay, balki majbur qiladigan ilohiy tuyg`udir. Hayotning bu ko`rinishdagi talqini esa orzu-umidlarni, baxtni, quvonchu shodlikni, visolning shirin onlarinigina emas, shu bilan birga ayriliqning achchiq damlariyu hijronning o`tli azoblarini totib ko`rishga muyassar etadi. 
MUHABBAT shunday ilohiy baxtki, u faqatgina Allohning suygan bandalariga inom etiladi. Sevgi goh shirin, goh achchiq, Goh orzu umidlardan, baxtdan, yuraging yorilguday quvonchdan yayratadi. Goh sog`inch azoblarining alamidan, rashkdan boshingni qayga urishni bilolmay garang bo`lasan. Sevgi shunday tuyg`uki hatto azoblari ham lazzatli shirin tuyuladi haqiqiy oshiq uchun!!! Ko`pincha qo`lga qalam tutishga majbur qiladigan narsa MUHABBAT emas, balki MUHABBAT armoni bo`lsa kerak deb uylayman. Chunki oshiqlar birga ekan, ularning barcha quvonchu hasratlari ham o`rtada baham ko`riladi. Ammo MUHABBAT armonga aylanib, ishq bog`ida bulbulnng dardin tinglaguvchi atirgulidan, xa, yagona atirgulidan ayirsalar bormi, u endi hatto chaman-chaman gullar ochilgan gulzorda ham yolg`iz qolar, endi uning yagona guli o`rnini hech bir boshqasi egallay olmaydi. Inson ham xuddi 
shunday. Sen uni unutmoqchi bo`lasanu, lekin u haqdagi xayollaru shirin-shirin xotiralar bunga yo`l qo`ymaydi. Qadrini yo`qotmaslik maqsadida dengiz ostidagi marvariddek yuraging tubida mahkam asraganing-beizhor yoki allaqachon izhor etilgan MUHABBATing endi hijronu armonning mungli dardlarini ham noilojgina o`z bag`riga joylaydi. endi xayollar qayda ekani ham senga qorong`u. Senga faqat ishq qalblari o`zra shirin xotiralaru, tim qaro ko`zlarga termulishga ulgurolmagan o`tkir 
nigohlar qoldi xolos. endi sen yuragingga sig`may toshib ketayotgan dardlaringni kimga aytishga ham xayron bo`lasanu, birgina qog`ozu qalam senga hamroxligini tushunib etgan chog`ing o`tli satrlar bitishga kirishasan. Zora darding shu satrlarga ko`chib engil tortsa: 

Endi sizga etmas qo`lim, 
Ketdingiz siz mendan o`zoq. 
Peshona deb qoldim netay, 
Taqdir bizni etdi yiroq. 
Qorong`udir qayda xayol, 
Yo`ldosh bo`ldi menga firoq. 
Utar kunim hijronlarda 
Sizsiz endi yashay qandoq? 
Nechun bizni ayirdilar 
Yo`llarimiz endi so`qmoq. 
Nahot endi armon bo`lsa 
Sizga to`yib-to`yib boqmoq. 
Endi sizga etmas qo`lim, 
Taqdir bizni etdi yiroq. 
Endi o`zga choram yo`qdir 
Ishim-sizga baxt tilamoq. 

endi sen faqatgina BAXT tilaysan unga, uzun bedor tunlar o`zra oyga termulib. Oyga termulasanu, beixtiyor oy senga sevgiling nigohlari ham unga termulib turganligini shivirlayotganday bo`ladi. Shunda u bilan dardlashging, yuragingni unga to`kib solging keladiyu, afsuski endi buning iloji yo`q. endi u o`zga bir insonning yurak dardlarini tinglayotgandir, balkim. Ko`zing osmon o`zra armonlar zarbidan har yoqqa sochilib, sening kabi unsizgina ngrab, xiralashib borayotgan yulduzlardayu, qalbing esa davosi yo`q yurak dardiga darmon axtaradi, armonli qo`shiqlardan. Lekin endi sadolari ostida uni o`ylaydigan qo`shiqlarni eshitsang yuraklaring orqaga tortib ketadi. Avvallari sen uni shirin xayollar og`ushida o`ylasang, endi esa qalbingning qaysidir bir chekkasida alam bilan xotirlaysan. Bazilar baxtli bo`lish uchun birga bo`lish shart emas deb o`ylaydilar. Ammo, menimcha, qachonki sevgiling bilan birga bo`lsanggina baxtli bo`lishing mumkin. Usiz baxting kemtik bo`lib qoladi. Hatto eng baxtli kuningda ham yuragingning bir chetida uchmaygina qalbing o`zra shirin xotiralarning achchiq azobi girdobida nido o`rayotgan o`sha bevafo yodi yuragingni tirnab utadi. Endi senga birgina narsa taskin berishi mumkin, u ham bo`lsa, uning baxtli, sog`-salomat, omon ekanligi. Bora-bora bu taskinlar sening unga bo`lgan tilaklaringga aylanadi : 

Mayli, yod etmagin meni bir bora, 
Sendan menga mayli kelmasin bir sas. 
Mayli, sen unutgin mening ismimni, 
Menga bu dunyoda omon bo`lsang bas. 
Boshing toshdan bo`lsin qayda bo`lsangda, 
Lek yurak toshligi tilagim emas. 
Mayli senga aziz bo`lsin boshqalar, 
Sen mening qalbimda aziz bo`lsang bas. 
Bilmam senga etmoq bo`larmi nasib, 
Balki sen bo`larsan armon yo havas. 
Agarda orzuing ushalsa mensiz, 
Menga armonliging unutmasang bas. 

MUHABBAT -ilohiy tuyg`u ekanligini bilsamda, u haqda qalam tebratishga haqli yoki haqsiz ekanligimni bilmagan holda, MUHABBAT yurtiga mezbon emas mehmongina bo`lgan bir inson qalbidagi so`zlarni tinglash siz azizlar uchun zerikarli yoki aksincha kechganligi sirligi ostida MUHABBAT haqida shaxsiy fikrimning intihosida keltirishni joiz topganim - eng sevimli she`rim ohangida sizlarnng e`tiboringizga va sabringizga tashakkurlik izhor etgan chog`im bu dunyodagi barcha sevgan va sevilgan qalblarga baxt va sadoqat qolaversa armonsiz MUHABBAT tilab qolaman. 

Men sizni sevardim, sevgim, ehtimol, 
Qalbimda butunlay so`nmagan hali. 
Sevgim endi sizga kelmasin malol 
Haddim yo`qdir sizni xafa qilgali. 
Goho chuchib, goho rashk qilib men 
Sevar edim so`zsiz, umidsiz. 
Har kishi sevsa ham, men kabi sevsin, 
Chin yurakdan samimiy, cheksiz. 
Qurib qoldi ko`zda yoshim, 
Yurak to`lsa yig`lolmayman. 
Hijronga etmas bardoshim, 
Shodlikka dil bog`lolmayman. 
Qafasdagi qushcha misol, 
Yoningga hech borolmayman 
Suvdek oqib ketdi visol, 
Tushimda ham ko`rolmayman. 
Olis yulduz bo`lding ko`kda, 
Yakin turib etolmayman. 
Dardimni tangrimdan o`zga, 
Hech kimsaga aytolmayman. 
ey bevafo, bu qilmishing, 
Ne deb atay bilolmayman. 
Hushim yo`qdir baxt tilashga, 
Baxtsizlik ham tilolmayman. 
MUHABBATdan kechib ketding, 
Men-chi bunday etolmayman. 
Bir umrga armon bo`lgan 
MUHABBATdan ketolmayman. 
Ko`ngil yig`layotir yomg`irdek ezib, 
Yurakdan tukilar dardlarim sizib, 
Halovatning sokin uylarin bo`zib, 
Ketgim kelar lekin bilmam qayoqqa!!! 
Xayol bo`lib hayotingdan ketmadim jonim, 
Quyosh bo`lib ko`zlaringga botmadim jonim, 
Hajring bilan zafarondir oy yuzim, 
Bu dunyoda sendan o`zgani topmadim.

Комментариев нет:

Отправить комментарий