Lola ,,Sog'indim konserti''


Shu kunlarda xonanda Lolaning yakkaxon konsert dasturi bo'lib o'tayotganidan habaringiz bo'lsa kerak. "Sog'indim" deb nomlangan ushbu konsert sog'ingan yuraklarga haqiqiy muhabbatga to'la, dilga yaqin konsert bo'ldi. Quchoqlashishlar, ajoyib raqslar va bizga biroz to'g'ri kelmagan turli harakatlar... Bularning barchasi Lolaning konsertida namoyish etildi.


Konsert boshlanishidan avval huddi konsertga tayYorlanilmagandek saxna yopilmagan edi, bilsak saxna dikoratsiyasi Podiumdan qilinganligi sababli saxna pardasi yopilmay qolibdi... Konsert boshlanishida qandaydir bir bola axmoqliklar qilib qutqaruv xizmati hodimlari bilan urishib ketdi, biroz o'tgach u konsertning ikkinchi qahramoni ekanligi aniqlandi. (ssenariy bo'yicha shunday bo'lishi kerak ekan, biroz ....)


(konsert boshlanishidan avval Lolaning fan clubi o'zidan o'z:Lolaaa Lolaaa deb baqirishdi, huddi qayerdadur norozilik namoyishini o'tkazishayotganday go'yo, tavba xonandaning ismini aytib baqirishdan nima naf??? )


Konsert dikoratsiyasi umuman yo'qday, biroz emas juda zerikarli saxna. Lolaning kastyumlari ko'proq jigarrang bo'lganligi tufayli umuman tomoshabin e'tiborini tortmaydi. Konsertning boshidan oxirigacha 4-5 ta raqqosa faqat ikki xil kiyimda ishtirok etishdi. Konsertning eng qiziqarli va o'ziga tortgan nuqtasi faqat rasmdagi ko'zoynaklik bolani
raqslari va o'zgacha harakatlari bo'ldi. Qoyil!!!


Konsert afishalari 2 oy oldin shaxar ko'chalaridan o'rin egalagan edi, ammo konsertni ko'rib huddi 1 hafta tayyorlanilgani ko'rindi. Ammo Lolaning raqslariga gap bo'lishi mumkin emas, konsertning boshidan oxirigacha chalingan qarsaklar huddi uning raqsi uchun chalinganday go'yo....


Konsert haqida yanada ko'proq to'xtalib har bir qiziqarli va kamchiliklarni yozishimiz mumkin edi, ammo tashkilotchilar bu ishni hohlashmadi (haqiqatni yozib yuborishimizdan qo'rqishgandur balki). Nima bo'lgan taqdirda ham Lolaning kelgusidagi ijodiga omad tilaymiz.


Yana bir kalta-faximlik nuqta qo'ysak, qachondan beri jurnalistlar kimlarningdir ruhsatidan keyin axborot tarqatish huquqini qo'lga kiritishi kerak bo'lib qoldi, nimaga endi konsert tashkilotchilari qaysidir gazeta yoki internet sayt bilan hamkorlik qilsa boshqa axborot markazlarida bu haqida yoritish taqiqlandi. www.shok.uz sayti jurnalistlarining imkoniyati umuman cheklanmagan hohlagan payt qanday yangilik bo'lmasin albatta saytimizda ko'rsatiladi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий