Time...

Kunlar ham, oylar ham o'taverarkan
Daryo, dengiz suvi oqaverarkan.
Qanchalik botqoqqa botmay desang ham
Shunchalik qattiqroq yutaverarkan.

Qilgan gunohingni yashirmoq uchun
Boshqa bir gunohni qilishing mumkin.
Shu sabab gohida bilib bilmasdan
Yolg'onlar to'qiymiz uzundan uzun.

Sen qancha yashirma Olloh ko'rguvchi,
Dilingda ne bo'lsa barin bilguchi,
Yaxshimi yomonmi barcha insonga
Bizlarga, Sizlarga hayot berguvchi.

Ko'p emas ma'noli umrni so'ra
Yetsa gar o'liming, topilmas chora.
Kam ammo mazmunli yashash avzalroq
Ko'p yashab behuda o'lgandan ko'ra.

 Vaqt to'xtab qolmaydi sen xohlasang ham
Har onning qiymatin bilsayding har dam.
Zum o'tmay tugaydi umring poyoni
Yuz yil yashasang-da, tuyularkan kam.

Комментариев нет:

Отправить комментарий